AsosiyJamiyat

Ravon R3 sentyabr oyida Qozog`istondagi eng ko`p sotilgan avtomobillardan biri bo`ldi

'Ravon R3 sentyabr oyida Qozog`istondagi eng ko`p sotilgan avtomobillardan biri bo`ldi'ning rasmi

2019 yil sentyabr oyi natijalariga ko`ra Ravon Qozog`istonning eng ko`p sotiladigan brendlari reytingida peshqadamlik qildi, deya xabar beradi UzAuto Motors axborot xizmati. 

Bundan tashqari, Ravon R3 (Nexia3) eng ommabop avtomobil markalari reytingida ikkinchi o`rinni egallab, Koreya va Rossiya modellarini ortda qoldirdi.

Hisobot davrida faqat Qozog`istonda 6641 ta avtomobil sotilgan, ularning 8% dan ortig`i Ravon brendiga to`g`ri keladi. Ushbu reytingda o`zbek avtomobillari Evropa, Koreya va Yaponiyaning eng yirik brendlaridan ustun kelishga muvaffaq bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi ichki va tashqi bozorlar uchun Ko`stanay shahridagi «SararkaAvtoProm» zavodida Ravon R3 sedanlarini ishlab chiqarishni boshlagan.

    Boshqa yangiliklar