AsosiyJamiyat

Samarqandda I Xalqaro xayriya marafoni o`tkaziladi

'Samarqandda  I Xalqaro xayriya marafoni o`tkaziladi'ning rasmi

1 noyabrdan 3 noyabrgacha Samarqand shahrida “Samarkand Half Marathon” I Xalqaro xayriya marafoni bo`lib o`tadi. Bu haqida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi xabar bermoqda.

“Samarkand Half Marathon”loyihasining maqsadi madaniyat va san`at obektlaridagi inklyuzivlik muammosiga jamoatchilik e`tiborini jalb qilish, shuningdek, O`zbekistonda sog`lom turmush tarzi va sport turizmini rivojlantirishdan iborat.

I Xalqaro xayriya marafonida tajribali sportchilar bilan bir qatorda yangi yuguruvchilar ham ishtirok etishi mumkin. Tashkilotchilar tomonidan 21 km, 10 km va 2 km masofa yugurish uchun ajratilgan. Yarim marafonga tayyorgarlik jarayonida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi inklyuzivlik muammosi bo`yicha tadqiqot o`tkazadi. 

Mutaxassislar tomonidan O`zbekiston teatrlari, muzeylari va kutubxonalarida treninglar o`tkaziladi. Tadqiqot natijalari marafonning o`quv dasturi doirasida hisobot shaklida taqdim etiladi. Marafondan tushgan mablag`lar Toshkent shahridagi teatrlardan birida tajriba loyihasini amalga oshirish uchun sarflanadi. Samarqand marafonida ishtirok etish uchun ro`yxatdan o`tish 20 oktyabrgacha quyidagi 

https://uzbektourism.uz/uz/newnews/view?id=802

sayt orqali davom etadi.

    Boshqa yangiliklar