Ma`lumki, bugun 15 oktyabrdan boshalb mamlakatimizda non narxi ko`tarildi. Axolida bunga bo`lgan fikr-mulohazalar tobora avj olmoqda. Xususan, bloger Firuz Allaev ham bu borada o`z munosabatini bildirdi:
“Tahlilchilar, iqtisodiyotchilar, hatto oddiy fuqarolar ham bizni yaqin qo`shni Qozog`iston bilan solishtirishni yaxshi ko`rishadi. Bugun non narxi oshgandan so`ng qo`shni Qozog`iston bilan solishtirdim.
Qozog`istonda ham bizga o`xshab non narxi oshadi deb shov-shuv bo`lgan va keyinchalik bu rad etilgan ekan. Hozirgi kunda Qozog`istonda bir dona buxonka non narxi bizning pulda 1912 so`m (76.5 tenge). Demak bizdan 512 so`mga qimmat. O`tgan yilda Qozog`istonda 15.1 million gektar erda 14.9 million tonna bug`doy etishtirilgan.
O`zbekistonda o`tgan yili 7 million tonna bug`doy etkazilgan. Qozog`iston aholisi 18.5 million, O`zbekiston aholisi 33 million. O`zbekiston Qozog`istondan ham bug`doy va un import qiladi.
Lekin, Qozog`istonda maoshlar O`zbekistondagiga nisbatan kamida ikki marotaba ko`p.
Demak, non narxi oshsa ham bizda non Qozog`istondagidan arzon. Lekin, Qozog`istonda maoshlar biznikidan ancha ko`p. Buning ustiga Qozog`iston aholisi bizning aholidan 1.8 marotaba kam, bug`doy etkazish hajmi 2.1 marotaba ko`p.
Xulosa o`zingizdan”,-deya tugallagan fikrini.