AsosiyJamiyat

“LUKOYL” O`zbekistonda 550 o`rinlik 3 ta bog`cha qurib beradi

'“LUKOYL” O`zbekistonda 550 o`rinlik 3 ta bog`cha qurib beradi'ning rasmi

2019 yil 3 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi va «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» MChJ ishtirokida maktabgacha ta`lim tashkilotlarini tuzish bo`yicha chora-tadbirlari to`g`risidagi №839-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori imzolandi.

Mazkur Qaror bolalarni maktabgacha ta`lim bilan qamrab olishni kengaytirish, sifatli maktabgacha ta`lim xizmatlaridan foydalanish imkonini yaxshilash, ularnig to`laqonli hayotiy faoliyati uchun sharoitlarni ta`minlash, bolalar nogironligining oldini olish bo`yicha ishlarni kuchaytirish, hamda imkoniyati cheklangan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko`rsatishni chuqurlashtirish va kengaytirishni ko`zda tutadi, deya xabar beradi Maktabgacha ta`lim vazirligi.

Ushbu qarorga ko`ra, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari hududida har biri 150 o`rinli sog`lig`i imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun reabilitasiya markazlari bo`lgan ikkita ko`p yo`nalishli ixtisoslashtirilgan hamda Buxoro viloyati hududida 250 o`rinli umumiy turdagi, ja`mi 550 o`rinli maktabgacha ta`lim tashkiloti qurilishi amalga oshiriladi.

Hujjatda ob`ektlarning binolari va inshootlarini loyihalashtirish, qurish, jihozlash va foydalanishga kiritish 2021 yil 1 iyuligacha muddatda «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» xayriya ehsonlari hisobiga amalga oshirilishi belgilab berildi.

Mazkur hujjatning ahamiyatli tomoni shundan iboratki, qarorning 11 bandida belgilab berilgan soliq imtiyozidan homiylik tarzida filantropiya (xayriya) faoliyati shaklidagi davlat-xususiy sherikligi asosida MTT tashkil etishni istagan barcha yuridik shaxslar birdek foydalanish xuquqiga egalar.

Qolaversa, endilikda filontropik faoliyat asosida maktabgacha ta`lim xizmatini ko`rsatishni istagan tadbirkorlik sub`ektlarining amalga oshirgan xarajatlari foyda solig`ini hisoblayotganda chiqarib tashlanadi. Shuningdek, hujjatda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) bepul berilishi qo`shilgan qiymat solig`iga va yagona soliq to`loviga tortilmasligi bilan bir qatorda, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxidan pastroq sotilishi, haqiqiy sotish narxidan kelib chiqib, qo`shilgan qiymat solig`iga tortilishi belgilab berildi.

Mazkur qarorning qabul qilinishi, bolalarni maktabgacha ta`lim xizmati bilan qamrab olishni kengaytirish bilan bir qatorda, bolalar nogironligini oldini olish, shuningdek innovasion texnologik uslublar yordamida imkoniyati cheklangan farzandlarimizning turmush tarzi va ta`lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

 

    Boshqa yangiliklar