AsosiyJamiyat

Rasul Kusherbaev nega “Milliy tiklanish”ni tanladi?

'Rasul Kusherbaev nega “Milliy tiklanish”ni tanladi?'ning rasmi

O`zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashi tomonidan deputat Rasul Kusherbaevning “Artel” monopoliyasi haqidagi chiqishiga munosabat bildirildi.

“Quyidagi bildirilgan mulohazalarning saylov jarayonlariga yoxud xususiy manfaatlarga hech qanday aloqasi yo`q, deb hisoblashingizni so`rayman. Chunki ushbu maqola OAV, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda o`nlab chiqishlari bilan o`z saylovchilari e`tiborini qozongan, parlamentda esa “o`jar deputat” sifatida nom qozongan Rasul Kusherbaevning monopoliya bilan bog`liq ayrim mulohazalariga munosabat tarzida yozildi, xolos”, — deya asosiy masalaga o`tilgan.

Ma`lumki, biron-bir lug`atda “siyosiy jazava” iborasiga sharh berilmagan. Ammo keyingi paytlarda “Tadbirkorlar manfaatini himoya qilish asosiy vazifamiz” degan chaqiriqlar bilan saylovchilar e`tiborini tortayotgan O`zLiDeP vakillarining “Milliy tiklanish”ning har qanday xatti-harakatiga qaratilgan kundoshona yondashuvi ijtimoiy-siyosiy mavzudagi lug`atlarni batamom yangilash vaqti kelganidan dalolat berayotgandek.

Agar yodingizda bo`lsa, liberallar etakchisi go`sht masalasida arzimas “xatocha”ga yo`l qo`yganida, partiya nomini tezdan oqlash, qanday qilib bo`lmasin, “go`sht” masalasini kun tartibidan chiqarib tashlash vazifasi aynan Rasul Kusherbaev zimmasiga yuklatilgan va u o`z vazifasini a`lo darajada uddalab, go`sht iste`moli bilan bog`liq e`tirozlar oqimini boshqa o`zanga burib yuborishga muvaffaq bo`lgan edi.

Kuni kecha Rasul Kusherbaev zimmasiga navbatdagi nozik topshiriq yuklatilgan ko`rinadi. Uzunquloq gaplarga qaraganda, bu safar hurmatli deputatimizga “Artel” kompaniyasi vakillarining “Milliy tiklanish”ga a`zo bo`lganlari sababini aniqlash va omma orasida ushbu harakatga nisbatan salbiy fikrni shakllantirish vazifasi qo`yilganmish.

Ishonchimiz komilki, Rasul Kusherbaev partiyaga a`zolik har qanday fuqaroning xohishi asosida amalga oshirilishini, qonunchiligimizda xususiy korxona rahbarlarining ham siyosiy partiyalarning g`oya va maqsadlarini qo`llab-quvvatlashi man etilmaganini yaxshi biladi. 

Bugun matbuotimizda u yoki bu fuqaroning, hatto yirik davlat tuzilmalari mutasaddilarining ham o`zi tanlagan siyosiy kuchlar safiga qo`shilayotgani haqidagi xabarlarga tez-tez ko`zimiz tushyapti. Bu tabiiy hol, albatta. Ammo “Milliy tiklanish” faoliyatidagi yoki saflaridagi har qanday o`zgarishlar negadir liberallarga esni og`dirar darajada ta`sir qilayotgan ko`rinadi.

Rasul Kusherbaev shunday yozadi: “Kuni kecha “Artel” “Milliy tiklanish” partiyasini tanlaganini angladim, partiya emas, “Artel” tanladi va monopoliya sari intilishda siyosiy “krisha”ga ega bo`ldi rasman. Endi lobbizm bilan rasman shug`ullanishi va qonunchilik orqali de yure monopol bo`lishga harakat qilish imkoniyati paydo bo`ldi”.

Agar ushbu fikrlarni boshqa bir siyosatchi bildirganida edi, afsuski, etarlicha ma`lumotga ega emas ekan-da, deya xulosa chiqarish mumkin edi. Ammo maqola muallifi R.Kusherbaev...

Shu o`rinda haqli bir savol tug`iladi. Nega uzoq yillar davomida liberal-demokratlar safiga “Artel” kabi o`nlab yirik tuzilmalar rahbarlari va ularda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz qabul qilinganda siyosiy “krisha”lar haqida hech kim gapirmadi?

Tanqid uchun “Milliy tiklanish”ni tanlagan R.Kusherbaev xulosalarini to`g`ri, deb qabul qilsak, unda Xalq ta`limi vaziri janobi Sherzod Shermatov yaqindan boshlab XDPni, Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xo`jaev esa O`zLiDePni o`ziga “krisha” qilib olgan bo`lib chiqyaptimi?

Zero, “Artel” kompaniyasida ming-minglab fuqarolarimiz halol mehnat qilib , bola-chaqa boqayotganini, ular ham o`z konstitusiyaviy huquqidan foydalanib, biron-bir partiyaga a`zo bo`lishlari mumkinligini ta`kidlashga hojat bo`lmasa kerak. 

Yana bir gap. Ayni paytda bozorlarimizda “Artel”dan tashqari maishiy texnika ishlab chiqaruvchi yana 33 ta korxona borligini ham e`tiborga olish lozim. “Vista”, “S-Smart”, “Mirtech”, “Konig”, “Panda”, “Rosso”larshularjumlasidandir. 

Bugungakelib, ushbukorxonalarimportniqisqartirib, mahalliylashtirishdasturigao`tibboryapti. 

“O`zeltexsanoat” uyushmasitarkibidaesabirqatoryangikorxonalarochilmoqda, agarularningfaoliyatigaham “monopoliya” debyondashsak, bundaraqobatbo`ladimi?

Xulosaqilibshuniaytishjoizki, liberallarningpaydar-paychiqishlarikuyinchaklikdan, negatadbirkorlarbizniemas, boshqapartiyanitanlayapti, deyaayyuhannossolishdanboshqanarsaemas.

RasulKusherbaevmaqolasidaqaydetilganidek, ushbumaqolaganuqtaqo`yilayotganidabiznihambirsavolo`ylantiribqo`ydi. Agar “Artel” “Milliytiklanish”niemas, O`zLiDePnitanlaganidaushbuyozishmalar, munosabatlargaaniqlikkiritishlarbo`larmidi? 

Yo`q, albatta!

Chunkiboshqapartiyalarbundaymasalalargabag`rikenglikbilan, halolraqobatnuqtai-nazaridanyondashmoqdalar. 

Kimdir qaysidir partiyani tanlagani uchun jazavaga tushib emas.

    Boshqa yangiliklar