AsosiyJamiyat

Maktablardagi “yig`-yig`” masalasiga oydinlik kiritildi

'Maktablardagi “yig`-yig`” masalasiga oydinlik kiritildi'ning rasmi

O`quv yili boshlanib yana o`sha eski muammo qayta ko`tarildi. Facebook ijtimoiy tarmog`ida fuqarolar maktabdagi pul yig`imlari bo`yicha murojaat qilgan. 

Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, maktabda turli maqsadlarda pul yig`ish taqiqlanadi. Hech kim ota-onalardan pul talab qilishga haqli emas.

Ota-onalar o`z istak va imkoniyatlaridan kelib chiqib, maktabga ko`mak berishi mumkin. Bunday hollarda ular pul mablag`larini maktab hisobiga o`tkazishi kerak.

Ota-onalardan majburiy pul yig`imi tashkil etilsa, ular maktabda faoliyat yuritayotgan Kuzatuv kengashiga murojaat etishi mumkin. Kuzatuv kengashlari bu masalani ko`rib chiqib, maktab ma`muriyati bilan kerakli chora ko`radi.

    Boshqa yangiliklar