AsosiyJamiyat

MIB: Maktab direktori lavozimiga qayta tiklandi

'MIB: Maktab direktori lavozimiga qayta tiklandi'ning rasmi

  Mehnat qilish sohasidagi inson huquqlarini ta`minlash shaxsning jamiyatdagi huquqiy statusini oshirish, uning farovon xayot kechirish uchun  zarur shart-sharoitlarni yaratish, har bir shaxsning insoniy potensialini to`la-to`kis ro`yobga chiqarish va jamiyatda munosib mavqega ega bo`lishda etakchi o`rin tutadi.

           Afsuski, ba`zi hollarda mehnat qilish sohasida inson huquqlari paymol etilish holatlari xam yuzaga kelmoqda. Mana shunday holatda fuqaro E.Xolmirzaev buzilgan huquqlarini tiklash uchun sudga murojaat qildi. Sud E.Xolmirzaevning da`vosi asosida ishni sudda ko`rib chiqib, uni ishga tiklash haqida hal qiluv qarorini chiqardi.

          Fuqarolik ishlari bo`yicha Andijon tumanlararo sudining 2019 yil 17 sentyabr kungi ijro varaqasiga asosan da`vogar E.Xolmirzaevni Andijon viloyati Paxtaobod tumani Xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi 14-sonli umumta`lim maktabi direktori lavozimiga ishga tiklash belgilangan.  Mazkur ijro hujjati Byuroning Andijon shahar bo`limiga2019 yilning 25 sentyabrida  kelib tushdi va davlat ijrochisi Z.A.Xurmamatov tomonidan ushbu ijro hujjati darhol ijroga qaratildi.

          Davlat ijrochisining qarori bilan Andijon viloyati halq ta`limi boshqarmasi boshlig`iga E.Xolmirzaevni maktab direktori lavozimiga ishga tiklash majburiyati yuklatildi.Lekin, boshqarma boshlig`i tomonidan ushbu majburiyatni bajarish paysalga solingan edi, qonun talablari tushuntirilganidan so`ng,  E.Xolmirzaev 2019 yilning 3 oktyabrida ishga tiklandi. 

Bu 1oktyabrda nishonlangan o`qituvchi va murabbiylar bayramidan so`ng  E.Xolmirzaevga yaxshigina bayram tufhasi bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar