AsosiyJamiyat

Xushnudbek: ”Sal qolsa “O`zbekkonsert”ni o`zi yopilay dedi...”

'Xushnudbek: ”Sal qolsa “O`zbekkonsert”ni o`zi yopilay dedi...”'ning rasmi

Xonanda Jahongir Otajonovni lisenziyasi to`xtatilishi qanchalik shov-shuv bo`lgan bo`lsa, qaytarib berilishi undanda ko`p munosabatlarga sabab bo`lmoqda.

Xususan, faol bloger Xushnudbek ham bu borada o`z munosabatini bildirib o`tdi:

“Jamoatchilik e`tirozi ortidan yana bir adekvat qarorga kelinganidan xursandman. Gap faqat ayni bir xonanda haqida ketmayotgandi, u Jahongir Otajonov bo`ladimi, Abdulla Qurbonov bo`ladimi, farqi yo`q. E`tirozlarda asosiy urg`u san`at va ijod erkinligi haqida borgandi.Sal qolsa «O`zbekkonsert»ning o`zi yopilib ketay dedi, tinchgina lisenziyani qaytarib, qutula qolishibdi”, — deyiladi qisqa qilib.

Eslatib o`tamiz, yaqin vaqtlar ichida san`atkor muxlislariga navbatdagi videomurojaatini yo`llagani e`lon qilgan edik.

Undan avval esa Jahongir Otajonovga nisbatan nohaqlik qilingani haqida bloger Nozim Safarining munosabatini bergan edik

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov ham xonandaning muxlisi ekanligini e`tirof etgandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar