AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda bir guruh mahkumlarga amnistiya akti qo`llanilib, jazodan ozod etildi

2014 yil 14 noyabrda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan amnistiya to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, Qoraqalpog`iston Respublikasida bir guruh mahkumlar jazodan ozod etildi.

Ushbu hujjatda ayollar, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to`lmagan shaxslar, 60 yoshdan oshgan erkaklar, chet davlatlar fuqarolari, qonunda belgilangan tartibda jazoni o`tashga to`sqinlik qiladigan og`ir kasalliklarga chalingan deb topilgan shaxslar, nogironlar, og`ir bo`lmagan jinoyat sodir etganlarni jazodan ozod etish ko`zda tutilgan. Ayni paytda joylarda ushbu qaror ijrosi ta`minlanmoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo`lgani kabi Qoraqalpog`iston Respublikasida ham jazodan ozod etilganlarning jamiyatga moslashishi, ish bilan ta`minlanishi, salomatligini mustahkamlashi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. Ularning ijtimoiy himoyasini ta`minlashga alohida e`tibor qaratilmoqda, deb yozadi O`zA.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar