AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatining ba`zi tumanlarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi

'Toshkent viloyatining ba`zi tumanlarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi'ning rasmi

Respublikamizda aholiga tabiiy gaz etkazib berish jarayonini samarali ishlashini tashkil etish, kuz-qish mavsumida gaz ta`minotidagi uzilishlarni oldini olish maqsadida, respublika miqyosida rejaga muvofiq, gaz taqsimlash nuqtalari, quvurlari va hisoblagichlarni ta`mirlash-nazorat ishlari olib borilmoqda. Mazkur, ta`mirlash-nazorat ishlarini texnika xavfsizligi qoidalariga ko`ra o`tkazilishini ta`minlash maqsadida, iste`molchilarga gaz etkazish vaqtincha to`xtatilmoqda. Bu haqda “Hududgazta`minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, 2019 yil 16 oktyabr kuni, Qibray tumani, “Uchxoz” MFY “Farovon” ko`chasi va “Salar” MFY “Bog`iston” ko`chasi hududidagi jami 90 ta aholi xonadonlarida soat 17:00 gacha tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

Shuningdek, 2019 yil 17 oktyabr kuni Zangiota tumani, “Xonobod” qishlog`i, “Xonobodtepa” MFY hududidagi jami jami 210 ta aholi xonadonlarida soat 13:00 dan 17:00 gacha, Yuqorichirchiq tumani, Jambul hududidagi jami 2800 ta aholi xonadonlarida soat 12:00 dan 17:00 gacha, 2019 yil 18-19 oktyabr kunlari Parkent tumani hududidagi jami 24690 ta aholi xonadonlarida va 606 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatilishini ma`lum qilamiz.

“Hududgazta`minot” AJ kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish ishlari munosabati bilan olib borilayotgan ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste`molchilaridan uzr so`raydi.

 

    Boshqa yangiliklar