AsosiyDunyo

Samos: muhojirlar lagerida ommaviy tartibsizlik yuzaga keldi (Video)

'Samos: muhojirlar lagerida ommaviy tartibsizlik yuzaga keldi (Video)'ning rasmi

Gresiyaning Samos orolidagi muhojirlar lagerida ommaviy mushlashuv ro`y berishi oqibatida bir necha nafar kishi jarohatlandi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, ommaviy mushlashuv kelib chiqishi Afg`onistonlik va Suriyalik bo`lgan muhojirlar o`rtasida yuz bergan va lagerga o`t qo`yib yuborilgan. Polisiya tartibsizlikni tarqatish uchun ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo`lgan. 650 nafar kishiga mo`ljallangan lagerda deyarli 6 mingga yaqin muhojirlar joylashgan bo`lib, ularning yarmini ayollar va bolalar tashkil etadi. 

Polisiya tartibsizlik kelib chiqqan lagerda istiqomat qiluvchilarni oroldagi boshqa lagerlarga evakuasiya qilgan. Biroq boshqa lagerlar ham to`lib-toshgan. Umumiy hisobda bu kabi lagerlarda 70 mingga yaqin kishi istiqomat qilmoqda. Mahalliy hokimiyat markaziy hukumatdan muhojirlarni mamlakatning materik qismiga ko`chirish jarayonini tezlashtirishni so`ramoqda.    

Boshqa yangiliklar