Bugun “Tashkent City”dagi bog`da soat 18:00da “Biz kelajak uchun mas`ulmiz” shiori ostidagi xalqaro ekologik marafon bo`ladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar xokimiyati matbuot xizmati.
Shu munosabati bilan estrada yulduzlari va mashhur sportchilar ishtirokida konsert o`tkaziladi. Kirish bepul.
Eslatib o`tamiz, “Tashkent City” ochilishi munosabati bilan avval ham u erga fotosayohat e`lon qilgan edik.






