1

Sayyoramizdagi eng chiroyli ayol

Dunyo 17.10.2019, 15:59
Teglar: sayyora, eng chiroyli
Sayyoramizdagi eng chiroyli ayol

Mashhur plastik jarroh Julian De Silva yuz a`zolarining joylashuvini tahlil qilgan holda mashhur insonlar orasida eng benuqson yuz sohibasini aniqladi. Uning xulosasiga ko`ra, “ideal” chehra 23 yoshli amerikalik supermodel Bella Xadidga tegishli.
Julian De Silvaning baholash mezonlariga ko`ra, Xadid 94,35 foiz natijani qayd etib, “The Sun” tomonidan Er yuzasidagi eng go`zal ayol deb e`tirof etildi. 

Undan keyingi o`rinni 92,44 foiz natija bilan qo`shiqchi Beyonse egallagan bo`lsa, “oltin uchlik”ning so`nggi pog`onasini 91,85 foiz ko`rsatkich bilan aktrisa Ember Xerd band etdi. Ta`kidlash joizki, Xerdning burni eng mukammal deb baholandi.
Ushbu reytingda kuchli o`nlikdan Ariana Grande, Teylor Svift, Keyt Moss, Skarlett Yoxansson, Natali Portman, Keti Perri va Kara Delevin kabi mashhurlar joy egalladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1