AsosiyJamiyat

Oliy ta`limda BAA tajribasidan foydalaniladi

'Oliy ta`limda BAA tajribasidan foydalaniladi'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 17-19 oktyabr kunlari Toshkentda Birlashgan Arab Amirliklarining ta`lim sohasidagi bir guruh mutaxassislari ishtirokida seminar-treninglar tashkil etiladi, deya xabar berilmoqda

Bugun, 17 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida seminar-trening tantanali ravishda ochildi. 

BAA ta`lim vazirligi mutasaddilari, Rabdana akademiyasi, Abu-Dabi va Zaida universitetlarining etakchi professorlari tomonidan yurtimizda oliy ta`lim muassasalari vakillari uchun uch yo`nalishda maxsus trening mashg`ulotlari o`tkazilmoqda.

Xususan, oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini oshirish, oliy ta`lim  muassasalarini akkreditasiyalash, oliy ta`limda innovasion va tadbirkorlikka yo`naltirilgan o`quv dasturlarini joriy etish singari guruhlarda mazkur sohaga oid ilg`or tajribalar bilan tanishtirilib, zarur tavsiyalar berildi.

    Boshqa yangiliklar