Biroz avval xabar berganimizdek, bugun, 17 oktyabr AOKA anjumanlar zalida “Ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilinayotgan ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli materiallarga huquqiy munosabat bildirish” mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi...
Jurnalist va blogerlar ishtirok etgan uchrashuvda bir qancha muhim masalalarga ham oydinlik kiritildi. Masalan:
— Kecha, Markaziy bank qarori bilan fuqarolar doimiy propiskasidan qat`i nazar istalgan hududdan kredit olishi mumkin bo`ldi. Xuddi shu kabi fuqarolarga pasport yoki haydovchilik guvohnomasini ham istalgan hududdan olish imkoniyatini yaratish mumkinmi?
Nodir Ziyoev, IIV Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari:
— Bu masala juda muhim. Hozirda ushbu tizimni joriy etish bo`yicha tegishli ishlarni amalga oshiryapmiz. Tez orada pasportni nafaqat doimiy propiska qilingan hududidan, balki vaqtincha ro`yxatdan o`tgan hududidan ham olish imkoniyatini yaratish bo`yicha takliflar kiritiladi.






