Vazirlar Mahkamasining 15.07.14y.dagi 194-Qarori bilan tasdiqlangan “Ko`p kvartirali uylarda issiqlik ta`minoti xizmatlari ko`rsatish qoidalari”ning 13-bandiga muvofiq, xonadonlarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berish davri Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlanadi va tamomlanadi. Isitish davri tashqi havoning o`rtacha sutkalik harorati 8° S dan past bo`lgan 5 kunlik davr tamom bo`lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8° S yuqori bo`lganda esa tamomlanishi kerak. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
Barcha iste`molchilar ulanib bo`lgandan so`ng, 6-7kun davomida, o`rnatilgan toraytiruvchi qurilmalarda issiqlik ta`minoti tizimlarining sinovi olib borilishi lozim.
Iste`molchilarni ulash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- bolalar, ta`lim va davolash muassasalari;
- turar uylar;
- jamoat va maishiy binolar;
- teatr, klub, ma`muriy binolar;






