AsosiyJamiyat

26 yanvar kun er sayyorasiga xavfli asteroid yaqinlashadi

Diametri deyarli 1 kilometrga ega bo`lgan 2004 BL86 asteroidi shu yilning 26 yanvar kuni Er sayyorasiga yaqinlashadi va minimal uzoqlikdan uchib o`tadi.

Bu vaqtda kosmik ob`ekt va Er oralig`i 1,2 million kilometr masofani tashkil etadi. Mazkur masofa Er bilan Oyning oraliq masofasidan taxminan 3 barobar katta demakdir. Shunday qilib, asteroid xavfli sinfga oid bo`lsa-da, biroq Er o`qi orbitasini kesib o`tishi jihatidan Sayyoramizga hech qanday xavf tug`dirmaydi. Bu haqda uz24.uz saytiga tayanib, “Uzbekistan Today” xabar beradi.

Ma`lumot uchun, 2004 BL86 asteroidi 2004 yilda topilgan bo`lib, uning Erga tushishi katta fojiali oqibatlarni olib kelishi mumkin. Asteroid suvga tushgan taqdirda ham yirik sunami to`lqinlarini keltirib chiqaradi.

    Boshqa yangiliklar