AsosiyJamiyat

O`zbekistonning turistik brendi xalqaro maydonda «Visit Uzbekistan Partnership» bilan targ`ib etiladi

'O`zbekistonning turistik brendi xalqaro maydonda «Visit Uzbekistan Partnership» bilan targ`ib etiladi'ning rasmi

Joriy yilning 16 oktyabr kuni Toshkent shahrida Visit Uzbekistan Partnership tashabbusi bilan madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad mamlakatimizning madaniyati, san`ati, an`analari va Buyuk Ipak yo`lidagi hayot tarzini halqaro maydonda yanada keng targ`ib etishdan iboratdir.

Visit Uzbekistan Partnership bu «Dinara&Co.» nashriyot uyining tashabbusi bilan tashkil etilgan bo`lib, O`zbekistonning turistik salohiyatini va turizm sohasidagi investitsion jozibadorligini kengaytirish hamda mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini mustahkamlashga tayyor tashkilotlarni va kishilar birlashtiruvchi biznes-klub hisoblanadi.

Ma`lumot o`rnida Visit Uzbekistan Partnership tashabbusi tashkilotyailar tomonidan birinchi marta 2019 yilning may oyida e`lon qilingan. Shuningdek, Sayyohlar va xorijiy ishbilarmonlar auditoriyasiga mo`ljallangan Visit “Uzbekistan Partnership” jurnali esa 2017 yildan buyon Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining qo`llab-quvvatlashi ostida chop etib kelinmoqda.

Bu qisqa vaqt ichida Moskva, Dehli, London, Berlin, Singapur, Madrid, Parij, Seul va Tokio dunyoning poytaxt shaharlarida halqaro biznes doira vakillari va dunyo marketologlari uchun Visit Uzbekistan jurnalining taqdimotlari o`tkazildi. Shu bilan birga, jurnal elchixonalar hamda “O`zbekiston havo yo`llari”ning xalqaro vakolatxonalari, “Afrosiyob” poezdlari, turistik yarmarkalar va xalqaro tadbirlar doirasi yurtimizning turistik salohitini o`ziga hos tarzda reklama qilish va tashrif buyurmoqchi bo`lgan sayyohlar uchun ko`proq ma`lumot berish maqsadida tarqatiladi.

“Silk Road Treasures” nomi ostida o`tgan oqshomni «Dinara&Co.» rahbari Dinara Dultaeva ochib berdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirda turizm sohasi bilan faoliyati bog`liq bo`lgan tashkilotlar vakillari qatnashdi. Milliy ruhda o`tgan tadbir doirasida mehmonlarga zargarlik, kulolchilik bo`yicha mahorat darslari ham tashkil etildi.

Ilk marta Milanda namoyish etilgan Anor Couture (modalar uyi) va Bukhara Brilliant Silk (ipak matolarning eng yirik ishlab chiqaruvchisi)ning muvaffaqiyatli hamkorligi namoyishi mehmonlarda juda katta qiziqish uyg`otdi.

Shuningdek, yig`ilganlar madaniy tadbir doirasida «Begim» parfyum brendining yangi iforlari namoyishi bilan tanishib, “Manas” restorani va Bagizagan vino zavodining rang-barang menyusidan bahramand bo`lishdi.

Tadbir doirasida “Yaqin kunlarda O`zbekiston delegasiyasi Visit Uzbekistan Partnership liniyasida Dehlidagi “Luxury Simposium” tadbirida, so`ng Londondagi “World Travel Market” ko`rgazmasi va “UzInvest Forum” investision forumida ishtirok etishi kutilmoqda. Visit Uzbekistan Partnership’ning maslahat kengashi 12 mamlakatda O`zbekiston bilan bog`liq loyihalarni qo`llab-quvvatlashga tayyor ekspertlar va do`stlariga egaligi” haqida ma`lum qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi vakillari Otabek Olimjonov va Sherzod Sultanovlar tadbir doirasida.

Visit Uzbekistan Partnership O`zbekistonning xalqaro imijini mustahkamlash yo`lida yangi g`oyalar, tashabbuslar hamda sa`y-harakatlarni birlashtirish uchun ochiqdir.

    Boshqa yangiliklar