AsosiyDunyo

Yaman poytaxtida sodir bo`lgan portlash chog`ida 50 kishi nobud bo`ldi

Ma`lumotlarga ko`ra, Yaman poytaxti Sana shahridagi harbiy bilim yurtida sodir bo`lgan portlash chog`ida eng kami bilan 50 kishi vafot etdi, deya xabar beradi RIA Novosti. 

Guvohlarning fikrlariga ko`ra, portlash yon-atrofdagi binolarga ham o`z ta`sirini ko`rsatgan. Hodisa sodir bo`lgan joyga zudlik bilan tez yordam mashinalari etib kelgan.

70 dan ortiq jarohatlanganlarni yaqin oradagi kasalxonalarga olib ketilgan. Ayni damda portlash sabablari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar