1

30 ming AQSh dollarini yashirincha olib chiqishga uringan kimsalar to`xtatib qolindi

Jinoyat 18.10.2019, 16:35
30 ming AQSh dollarini yashirincha olib chiqishga uringan kimsalar to`xtatib qolindi

Bugungi kunda mamlakatimizdan naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy tarzda olib chiqilishiga qarshi bojxonachilar tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Ammo ayrim shaxslar tomonidan respublikamizdan naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy ravishda olib chiqishga bo`lgan urinishlar hamon ko`zga tashlanmoqda.

Ana shunday holatlarning bir nechtasi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi chegara bojxona postlari tomonidan aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Jumladan“G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro Sh.I.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazildi. 

Natijada, fuqaro Sh.I. egnidagi kiyimlari orasiga yashirgan holda 19700 AQSh dollarini mamlakatimizdan yashirincha olib chiqishga bo`lgan urinishi o`z vaqtida aniqlandi.

Yana bir holatda “Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, qo`shni davlatga o`tish maqsadida ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro T.B. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida, uning egnidagi kiyimlari orasiga yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda malum qilinmagan 7 200 AQSh dollar naqd xorijiy valyutalari yashirilganligi aniqlandi.

Shuningdek, “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, “S.Najimov” chegara bojxona posti orqali qo`shni davlatga yo`l olgan fuqaro M.Sh. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazildi. 

Tekshiruv jarayonida ushbu shaxs yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatmasdan, 3550 AQSh dollari naqd xorijiy valyutalarini yashirincha olib chiqishga bo`lgan urinishi fosh qilindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1