1

Toshkentda talonchilikda gumonlanganlar qo`lga olindi

Jinoyat 22.10.2019, 09:32
Toshkentda talonchilikda gumonlanganlar qo`lga olindi

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tomonidan xabar berilishicha, 18-oktyabr kuni taxminan soat 03.00 da Chilonzor tumanida 22 yoshli Shamsiddin Sh. “Neksiya-2” rusumli avtomobilda tanishi bo`lgan 25 yoshli Akbarali O. bilan birga ketayotgan bo`ladi. Yo`ldan 37 yoshli Timur X. va 34 yoshli Rustam G.larni mindirishadi. Yo`lovchilarni manzillarigacha olib borib qo`yishgach, Shamsiddin va Akbarali yo`lovchilardan umumiy miqdorda 750.000 so`mni zo`ravonlik yo`li bilan tortib olib, voqea joyidan yashiringanlar. 

Ayni paytda ushbu fakt bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi, ya`ni “Talonchilik” bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1