Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tumani bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi “Ma`muriy-xo`jalik xizmati” DUK ning murojaati yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, mazkur korxonaning moliya hisobi va hisoboti bo`limi boshlig`i N.Q. 2019 yilning o`tgan davrida, hech qanday asossiz korxonaning 581,7 mln. so`m pul mablag`larini “moddiy yordam”, “bayram munosabati bilan mukofot” va “xizmat safari xarajatlari” ko`rinishida o`zining va muqaddam korxonada mutaxassis bo`lib ishlagan qarindoshi O.N.ning plastik kartasiga o`tkazib, talon-toroj qilganligi aniqlangan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan N.Q.ga nisbatan JKning 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib,tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






