AsosiyJinoyat

Andijonda 1200 dona pirotexnika vositalari to`xtatib qolindi

'Andijonda 1200 dona pirotexnika vositalari to`xtatib qolindi'ning rasmi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona posti hamda Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan navbatdagi huqubuzarlik o`z vaqtida fosh etildi.

Qo`shni chegaradosh mamlakat hududidan kirib kelayotgan fuqaro Q.A belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, unga tegishli bo`lgan qo`l sumkalari ichidan hech qanday hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 1200 dona pirotexnika vositalari mavjud ekanligi aniqlandi.

Natijada fuqaro Q.A o`zining ushbu xarakatlari bilan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 1851-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 10 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika vositalari aylanishini tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 309-sonli Qarori talablarini buzgan holda pirotexnika vositalarni noqonuniy ravishda olib kirayotganligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvi va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Andijon viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar