AsosiyJinoyat

Farzandini ta`minlashdan bo`yin tovlagan edi...

'Farzandini ta`minlashdan bo`yin tovlagan edi...'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on tumanlararo sudining sud hujjatiga asosan qarzdor A.Boltaev tomonidan undiruvchi D.Haydarovaning foydasiga bir nafar farzandining voyaga etgunlariga qadar moddiy ta`minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining to`rtdan bir qismi miqdorida aliment pulini to`lab borishi belgilangan.

Biroq qarzdor A.Boltaev aliment pullarini to`lashdan qasddan bo`yin tovlab kelgan. Shu sababli Kattaqo`rg`on shahar ma`muriy sudining qarori bilan A.Boltaev O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 47(4)-moddasi bilan eng kam ish haqining 20 baravari miqdorida ma`muriy jarima jazosi tayinlangan. 

Fuqaro A.Boltaev qo`llanilgan jarima jazosidan so`ng ham o`ziga tegishli tegishli xulosa chiqarmasdan, voyaga etmagan farzandini moddiy ta`minlashdan qasddan muttasil bo`yin tovlab kelgan. Natijada uning qarzdorligi 9 mln. 138 ming so`mni tashkil etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Kattaqo`rg`on shahar bo`limi tomonidan fuqaro A.Boltaevga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar