#BirMillionDaraxt aksiyasiga O`zbekistonning shimoliy hududida start beriladi. Loyiha tashabbuskori bo`lgan “Yuksalish” umummilliy harakati bergan ma`lumotga ko`ra, Nukus shahri estafetani Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga taqdim etadi.
Birinchi daraxt partiyasi — 100 dona archa ko`chatlari 24 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo`yi xalqaro innovasiya markazi hududida o`tqaziladi. “Yuksalish” umummilliy harakati faollari tashabbusi BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan qo`llab-quvvatlandi.
Sananing o`zi ham muhimdir. 24 oktyabr — Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni. Bu jamoatchilik e`tiborini yana bir bor ekologik muammolarga jalb qilish, yashash uchun qulay sharoitlar yaratish, aholini tashvishga solayotgan masalalar bo`yicha ma`lumot berish, global muammolarni hal qilish uchun aholi, siyosiy iroda va resurslarni jalb qilishga sababdir.