Joriy yil 21-22 oktyabr kunlari Toshkent davlat stomatologiya institutida “Stomatologiya Yuga-2019” xalqaro olimpiadasi o`tkazildi.
Ushbu olimpiadada 18 etakchi xalqaro tibbiy oliy ta`lim muassasasi hamda Buxoro, Samarqand, Andijon tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutidan vakillar qatnashdi.
Olimpiadada tibbiyot oliy ta`lim muassasalarining yuqori kurslarida tahsil olayotgan 5 nafar talabadan iborat jamoalar ishtirok etib, terapevtik stomatologiya, ortopedik stomatologiya, xirurgik stomatologiya, bolalar stomatologiyasi va ortodontiya yo`nalishlarida o`zaro bellashdilar. Tanlovni xalqaro tajribaga ega olimlar baholab bordi.
Tanlovda Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari 2 ta 1-o`rin, 2 ta 2-o`rin, 1 ta 3-o`rin va 1 ta mutlaq g`olib ishtirokchi bilan eng yuqori o`rinlarni egalladi. Ushbu institut talabasi Diyora Isanova xalqaro olimpiadaning mutlaq g`olibasi bo`ldi.
Umumjamoa hisobida Kirov davlat tibbiyot universiteti va Kuban davlat tibbiyot universiteti yuqori o`rinlarni egallagani qayd etilgan.






