Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ko`chmas mulk egalari o`z uylarini ko`rinishini o`zgartirishni mo`ljallab, sarf-xarajatlarni tejash maqsadida yoki vaqt kamligi sababli ta`mirlash ishlariga notanish ishchilarni xizmat ko`rsatishiga yo`l qo`ymaslikka chaqiradi.
Xususan, Mirzo-Ulug`bek tumanida 19-oktyabr kuni soat 06.00 da 31 yoshli Fayzulla S.ning xonadonida ta`mirlash ishlarini olib borgan Ayubxon ismli noma`lum shaxs xonadon egasi uyda yo`qligidan foydalanib qiymati 4 000 000 so`mga teng bo`lgan qurilish mollarini o`g`irlab, voqea joyidan qochgan.
Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi — “O`g`rilik” bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. G`arazgo`yning shaxsini aniqlash bo`yicha choralar ko`rilmoqda.






