2019 yilning 30 oktyabr kuni Davlat test markazida barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (o`zbek, rus, qoraqalpoq tili), matematika va O`zbekiston tarixi fanlari bo`yicha test topshiriqlarining aprobasiyasi o`tkaziladi.
Aprobasiya jarayonida ishtirok etish istagida bo`lgan talabgorlar http://3fan.dtm.uz/ sayti orqali ro`yxatdan o`tib, aprobasiyada ishtirok etishi mumkin.
Jarayonda ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo`lib, jami 600 ta ariza qabul qilish rejalashtirilgan. Ulardan 1-smena uchun ro`yxatdan o`tgan 300 nafari 30oktyabr kuni soat 10:00 da, 2-smena uchun ro`yxatdan o`tgan 300 nafari soat 15:00 da aprobasiyada ishtirok etadi.
Ro`yxatdan o`tganda talabgorlarga aprobasiyada ishtirok etish vaqti yozilgan ruxsatnoma taqdim etiladi.
Talabgorlar mazkur ruxsatnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasport bilan belgilangan vaqtdan 30 daqiqa oldin (1-smenada 09:30 gacha, 2-smenada 14:30 gacha) Toshkent shahridagi Davlat test markazi bosh binosiga kelishlari lozim.
Ro`yxatdan o`tish va aprobasiya jarayonida ishtirok etish bepul.