AsosiyJamiyat

Urganchliklarning “Facebook”dagi noroziliklari qanday echim topdi?

'Urganchliklarning “Facebook”dagi noroziliklari qanday echim topdi?'ning rasmi

 Facebook ijtimoiy tarmog`idagi “Xorazm viloyati Urganch tumanidan yozmoqdamiz. Tandirchi mahallasidagi qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan qariyb uch gektar unumdor er shaxsiy uy-joy qurish maqsadida talon-toroj etilmoqda...” e`tirozli tezis bo`yicha Xorazm viloyati Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan o`rganish ishlari olib borildi.
Urganch tumani, Tandirchi mahallasi hududi qishloq aholi punkti hisoblanib, unga tutash hudud ya`ni e`tirozli tezisda keltirilgan 3 gektar qishloq xo`jaligiga oid er maydoni “Xorazm naslli parranda” MChJ balansidagi Chotko`pir qishlog`i, Sh.Zaripov massivi 135-konturida joylashgan er maydoni hisoblanadi.
Bugungi kunda haqiqatdan ham ushbu er maydonida turar-joy obektlari qurilayotganligi va yangi qurilishlarni boshlash uchun zamin yaratilayotganligi aniqlandi.
Mazkur holatlarni qonuniy asoslanganligi o`rganib va tahlil qilinganda quyidagilar ma`lum bo`ldi.


Urganch tumani, G`alaba qishlog`i, Urganch 350 yilligi ko`chasi, 33 uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Ibragimov Taxirjonning Urganch tumani, Chotko`pir qishlog`i, Ustalar mahallasi hududida joylashgan umumiy er maydoni 9262,41 kv.metrni tashkil qilgan (shundan, noturar bino va inshootlari egallagan er maydoni 6362,14 kv.metr, qurilish maydoni 867,47 kv.metr, turar-joy binolari egallagan er maydoni 2900,0 kv.metr, qurilish maydoni 1162,45 kv.metrdan iborat) bino va inshootlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil25 dekabrdagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo`yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarni qoplash tartibi to`g`risida”gi Nizomning 31-bandi talablarida nazarda tutilgan Urganch tumani, Chotko`pir qishlog`i, Ustalar mahallasini ishlab chiqilgan bosh loyihasiga muvofiq namunaviy uy-joy massivini joylashtirish evaziga buzib olishga tushganligi sababli, tezisda keltirilgan qishloq xo`jaligiga oid er maydoni, er egasining roziligi asosida yuqoridagi Nizom talabidan kelib chiqib, fuqaro T.Ibragimovga Urganch tumani hokimining 2018 yil 1 avgustdagi 2301Q-sonli qarori bilan “Savdo va maishiy xizmat ko`rsatish shahobchalari, duradgorlik ustaxonalari qurilishi uchun 6362,41 kv.metr hamda turar-joy binolari qurilishi uchun 2900,0 kv.metr, jami 9262,41 kv.metr 41 ball bonitetli ekin er maydoni ajratib berilgan.
 

Ma`lum qilinishicha, bugungi kunda fuqaro T.Ibragimov tomonidan o`ziga ajratib berilgan er maydoni chegarasi doirasida turar-joy ob`ektlari qurish ishlari amalga oshirilayapti.

    Boshqa yangiliklar