Bosh prokuratura Xorazm viloyatidagi ommaviy zaxarlanish yuzasidan bayonot berdi.
22 oktyabr 2019 yil soat 22.00da Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlog`ida yashovchi fuqaro K.G`. (1974 y.t., yakka tartibdagi tadbirkor), turmush o`rtog`i va 2 nafar farzandlari qo`lbola issitish pechini yonida uxlab qolib, xona ichiga tarqalgan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






