1

Samarqandda MIB xodimi haqorat qilinib, mashinasining oynasi sindirildi

Jinoyat 24.10.2019, 13:56
Samarqandda MIB xodimi haqorat qilinib, mashinasining oynasi sindirildi

Majburiy ijro byurosi Pastdarg`om tuman bo`limi davlat inspektorlari B.U. va R.S. lar tumanning “Jag`alboyli”mahallasidagi fuqaroning gazdan mavjud qarzdorlikni xonadon egasiga ma`lum qilgan vaqtda iste`molchi U.T. ularning sha`ni va qadr qimmatini kamsituvchi so`zlar bilan haqorat qilgan.

Shuningdek, U.T. davlat inspektori B.U. ga tegishli “Spark” rusumli transport vositasining old oynasini tayoq bilan urib sindirgan. Bu haqda bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qiladi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan U.T. ga nisbatan JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi va 173-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1