1

Samarqanddagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 10,5 mln. so`mlik byudjet mablag`lari talon-toroj qilindi

Jinoyat 24.10.2019, 14:04
Samarqanddagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 10,5 mln. so`mlik byudjet mablag`lari talon-toroj qilindi

Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi tomonidan elektron davlat xaridlari portaliga har birining narxi 5 mln. so`mdan bo`lgan 10 dona (35 mln. so`mlik) “G” markali kondisioner xarid qilish bo`yicha xususiy korxona bilan elektron shartnoma rasmiylashtirilgan.  

Biroq, xususiy korxona tomonidan “G” markali kondisionerlari o`rniga, narxi 2 mln. 425 ming so`m bo`lgan 10 dona (24 mln. 425 ming so`mlik) “A” rusumli kondisionerlar olib kelib o`rnatilib, jami 10 mln. 575 ming so`mlik byudjet mablag`lari o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilingan.

Bundan tashqari, shifoxonada 31 holatda jami 58 mln. 305 ming so`mlik dori vositalari qimmat narxlarga xarid qilinib, ancha miqdordagi byudjet mablag`lari rastrata yo`li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 167-moddasi 2-qismi “g” bandi jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1