O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev sanoatni rivojlantirish, neft-gaz mahsulotlari ishlab chiqarish va iste`molchilarga muntazam etkazib berish borasidagi ishlar tahliliga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan energetika vazirligi va neft-gaz tarmog`i korxonalari rahbarlariga neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hamda ularni iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga etkazib berish prognoz ko`rsatkichlarining bajarilishini ta`minlash yuzasidan ko`rsatmalar berildi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish, neft-gaz mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish uchun qo`shimcha zaxiralarni shakllantirish, quduqlar kesimida qazib chiqarish hajmlarini nazorat qilish maqsadida «O`zbekneftgaz» AJ boshqaruvi rahbariyati tizimdagi ob`ektlarga chiqdi. Bu haqda jamiyatning Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, Sho`rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarma boshlig`i, bosh geolog, bo`limlar va sex boshliqlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda konlardagi qazib olish samaradorligini oshirish masalasi muhomaka qilindi.
Boshqaruv rahbariyati Zafar konining 11-12 quduqlarida «Epsilon Development Company» MChJ bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarni ko`zdan kechirdi.
Ayni paytda Zafar konining kunlik gaz qazib olish miqdori 50 ming metr kubni tashkil qiladi. 11-12 qududqlardan kunlik gaz qazib olish miqdorini oshirish maqsadida Epsilon kompaniyasi bilan hamkorlikda GRP ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu qududqlarda o`zlashtirish ishlari yakunlangan.






