Joriy yilning 25 oktyabr kunidan Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, poytaxtda isitish mavsumi boshlanadi.
Qarorga muvofiq, isitish mavsumiga o`tish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqichda – ijtimoiy soha ob`ektlarida (maktabgacha ta`lim, xalq ta`limi va sog`liqni saqlash muassasalarida).
Ikkinchi bosqichda – ko`p qavatli uy-joylar va ma`muriy binolarda.
Qaror bilan, isitish mavsumiga o`tishni yakunlash, 2019 yilning 30 oktyabr kuniga qadar belgilangan.
Agar Sizning turar-joyingizda issiqlik ta`minoti yoqilishi jarayonida muammolar yuzaga kelsa, u holda Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Kommunal xizmatlar boshqaruv markazining 1055 qisqa va (71) 210-01-87 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.






