1

Yana bir oila ajrimdan saqlab qolindi

Jinoyat 25.10.2019, 09:23
Yana bir oila ajrimdan saqlab qolindi

Majburiy ijro byurosi Shahrisabz tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushgan Fuqarolik ishlari bo`yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 01.11.2016 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.Tursunovdan undiruvchi N.Narzievaning foydasiga bir nafar farzandlarining moddiy ta`minoti uchun 1/4 qism miqdorda aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituviga 11.10.2019 yil kuni kelib tushgan.

Shuningdek, ushbu ijro hujjati yuzasidan Majburiy ijro byurosi Shahrisabz tuman bo`limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdor A.Tursunov va undiruvchi N.Narzievaga aliment pullarini o`z vaqtida to`lamasa, majburiy ijro harakatlari haqida hamda qarzdor ma`muriy (qamoq jazosiga), jinoiy javobgarlikga tortilishi hamda otasi bo`la turib, o`zgalar qo`lida tarbiyalanishi, farzandini kelajagi va boshqa masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. 

Bundan o`ziga tegishli xulosa chiqargan ota-onalar o`z qilmishlarini tushunib etdilar va natijada  2019 yil 17 oktyabr kuni yana bir oila yarashtirildi.

Oila muqaddas makondir, uni asrash har birimizning yosh-u qarining burchi, uni mustahkamlovchi esa farzand hisoblanadi. Har bir farzandning kelajagi ota - ona qo`lida. Ota-ona farzandiga yoshligidan qanday tarbiya bersa, kelajakda shuning hosilini oladi. Yosh niholni qanday parvarish qilsa, shunday hosil beradi, farzand tarbiyasi ham xuddi shunday.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1