“O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga qo`shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Hujjatga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi quyidagi mazmundagi 192-1-modda bilan to`ldiriladi:
“192-1-modda. To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazish tartibini buzish.
Endilikda, to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazish tartibiga qo`yiladigan talablarga mazkur tadbirlarni o`tkazuvchi shaxslar tomonidan rioya etmaslik — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o`n baravari miqdorida (2 230 000 - tahminan) jarima solishga sabab bo`ladi.
To`yxona, kafe va restoranlarning mansabdor shaxslari tomonidan to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarni o`tkazishga qo`yiladigan talablarni buzish, – bazaviy hisoblash miqdorining o`ttiz baravari miqdorida (6 690 000 - tah.) jarima solishga sabab bo`ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma`muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa, – bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida (11 150 000 - tah.) jarima solishga sabab bo`ladi”.






