Joriy yil 24 oktyabr kuni Samarqand viloyati, Payariq tumani, Nakurt mahallasida o`qituvchilar 1983 yil tug`ilgan Aziz S. va 1984 yilda tug`ilgan Xamid B. Tanishlari 1984 yilda tug`ilganveterenariya bo`limi xodimi Umid S. bilan o`zaro kelishmovchilik tufayli jajallashib qolishadi. Vaziyat jiddiy tus olib o`qituvchilar Umid S.ning tanasining turli joylariga urib, qasddan o`ldirishadi. Keyin esa marhumni o`ziga tegishli bo`lgan avtomashinasi ichiga o`tkazib, voqea joyidan yashiringan.
Tezkor qidiruv natijasida jinoyatchilar aniqlandi.
Bosh prokuratura tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Aziz S. va Xamid B.larga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi "p" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.






