O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabr kungi “O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining 30 yilligini keng nishonlash to`g`risida” gi Qarorining qabul qilinishi va mazkur qutlug` sanani yurtimizda keng nishonlanayotganligi tilimiz rivoji yo`lidagi qilinayotgan xayrli ishlarning yaqqol isbotidir.
Mazkur qaror ijrosini ta`minlash yuzasidan Majburiy ijro byurosining Shayhontohur, Yashnobod, Mirobod tuman bo`limlari tomonidan tumanlardagi umumta`lim maktablarida “Davlat tili, o`zbek tili-oliy qadriyatimiz, o`chmas tariximiz!” mavzusida maktabning boshlang`ich va bitiruvchi sinf o`quvchilari ishtirokida davra suhbatlari o`tkazildi.
Qizg`in ochiq dars shaklida o`tgan suhbatlarda boshlang`ich sinf o`quvchilari tomonidan davlat tili bayramiga atalgan she`rlar, tabriklar yod olindi. So`z mulkining sultoni, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyninghayoti, ijod yo`llari, ularning g`azallari, o`zbek tiliga qo`shgan hissalari haqida savol-javob tarzida samimiy muloqotlar uyushtirildi.
Suhbat yakunida, 1-4 sinfgacha bo`lgan bolajonlarga esdalik sovg`a sifatida 200 dan ortiq badiiy, o`zbek tilidagiertak kitoblar taqdim etildi.






