1

Ogoh bo`ling: firibgar!

Jinoyat 25.10.2019, 13:49
Ogoh bo`ling: firibgar!

23-oktyabr kuni Shayxontoxur tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko`ra, joriy yilning iyul oyida 25 yoshli Abduhakim O. 47 yoshli Dilobar A.ning ishonchiga kirib, unga bozordan go`sht mahsulotlarining savdosi uchun joy ajratib berishni va`da qilgan. O`zining "xizmatlari" uchun Abduhakim 7.500 AQSh dollari olib, va`dasida turmasdan, pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari! Ogoh bo`ling, pullaringizni va boshqa qimmatli buyumlaringizni sizni masalangizni hal qilishni va`da qilgan kimsalarga ishonishga shoshilmang.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1