AsosiyJamiyat

Rasman: bolalarni urgan tarbiyachi ishdan bo`shatildi

'Rasman: bolalarni urgan tarbiyachi ishdan bo`shatildi'ning rasmi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda bolalar bog`chasida tarbiyachi bolalarni  urgani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik.

Bugun esa Urganch tumani 2-MTTda sobir bo`lgan bu voqea dastlabki o`rganish bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi. Unda vaziyat nazoratga oligani va holat yuzasidan o`rganish ishlari olib borilayotgani ma`lum qilindi.

Ayni paytda mazkur voqea Urganch tuman prokuraturasi tomonidan o`rganilib, darakchi.uzga taqdim etildi.

Aniqlanishicha, videoda tumandagi 2-sonli maktabgacha ta`lim muassasasi tayyorlov guruhi tarbiyachisi lavozimida ishlab kelayotgan Sultonova Sevara tomonidan o`ziga berkitilgan guruh tarbiyalanuvchilarini kaltaklagani holati aks etgan.

O`rganish davomida tarbiyachi S.Sultanova o`z tushuntirish xatida, 2019 yilning 17 oktyabr kuni 2-sonli maktabgacha ta`lim tashkiloti mudirasi L.Qadirova bilan o`rtasida kelishmovchilik kelib chiqqanligini, o`z guruhiga borganida tarbiyalanuvchilar bir-birlari bilan janjallashayotganligini ko`rib jahl bilan ularni kaltaklaganini, biroq ularga og`ir shikast etkazmaganligini bayon qilgan.

Ushbu holat bugun, 25 oktyabr kuni viloyat maktabgacha ta`lim boshqarmasi va tuman maktabgacha ta`lim bo`limi hodimlari, shuningdek tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilindi.

Muhokama natijasiga ko`ra, 2-sonli maktabgacha ta`lim muassasasi mudirining 25.10.2019 yildagi №113-sonli buyrug`i bilan muassasada tayyorlov guruhi tarbiyachi lavozimida ishlab kelayotgan S.Sultanova o`z vazifasidan ozod etildi.     

Shuningdek, tarbiyachi S.Sultanova hatti-xarakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv  o`tkazilib, qonuniy qaror qabul qilinishi uchun to`plangan hujjatlar tuman IIBga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar