O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi arafasida, 10 yanvar kuni «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida»gi Qonunning 63-moddasiga, «O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to`g`risida»gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasida parlament quyi palatasiga saylangan deputatlarga guvohnoma hamda ko`krak nishonlarini topshirish tantanali marosimi o`tkazildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining rasmiy saytida xabar berildi.
Unda Markaziy saylov komissiyasi a`zolari, deputatlar, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi 12 yanvar kuni Toshkent shahrida chaqirilishi e`lon qilingan edi.





