AsosiyJamiyat

Xushnud Xudoyberdiev: “Karimov davridagi barcha viloyat hokimlari ishdan olindi, faqat vodiy to`liq tarkibda...”

'Xushnud Xudoyberdiev: “Karimov davridagi barcha viloyat hokimlari ishdan olindi, faqat vodiy to`liq tarkibda...”'ning rasmi

Kuni kecha, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro`ziev ishdan olindi. 

Bloger va huquqshunos Xushnud Xudoyberdiev Islom Karimov davrida lavozimga qo`yilgan viloyat hokimlari soni yana bittaga kamayganini aytib, tahlillar bilan bo`lishdi:

“Shavkat Mirziyoev prezidentlikka saylangandan keyin deyarli barcha viloyat hokimlari almashdi, faqat vodiydagi uchta viloyat hokimlari to`liq tarkibda faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, Erkin Turdimovda ham viloyat hokimligida uzilish bo`lgani yo`q, faqat u turli viloyatlarda ishlashga ulgurdi.

Shavkat Mirziyoev Prezident sifatida jami 18 marta viloyatlarga yangi hokimlarni tayinlash to`g`risida Farmonni imzoladi (ayrim viloyatlarga bir necha marta hokim tayinlandi).

Keling, viloyat hokimlari ro`yxatini hamda 2016 yildan keyingi o`zgarishlarni xronologik ketma-ketlikda ko`rib chiqamiz:

2019 yil:

27 oktyabrdan – Qashqadaryo viloyati hokimi v.b. Mirzaev Zoyir Toirovich.

Avvalgi hokim: Zafar Ro`ziev (2013 yil 27 sentyabrdan);

4 iyundan – Toshkent viloyati hokimi v.b. Xolmatov Rustam Qurbonnazarovich.

Avvalgi hokimlar: G`ulomjon Ibragimov (2017 yil 31 oktyabrdan), Shukrullo Boboev (2016 yil 15 dekabrdan) hamda Islamdjan Ergashxodjaev (2016 yil 12 avgustdan);

1 maydan – Surxondaryo viloyati hokimi Bobolov To`ra Abdievich.

Avvalgi hokimlar: Bahodir Po`latov (2018 yil 12 iyuldan), Erkin Turdimov (2016 yil 16 dekabrdan) hamda Tojimurod Mamaraimov (2015 yil yanvardan).

2018 yil:

12 iyuldan – Samarqand viloyati hokimi Turdimov Erkinjon Oqbo`taevich.

Avvalgi hokimlar: Turob Jo`raev (2017 yil 13 iyundan), Himmat Oqbo`taev (2016 yil 23 dekabrdan) hamda Zoyir Mirzaev (2010 yil 17 dekabrdan);

27 apreldan — Toshkent shahar hokimi Ortiqxo`jaev Jahongir Abidovich.

Avvalgi hokim: Rahmonbek Usmonov (2012 yil 16 martdan);

21 apreldan - Xorazm viloyati hokimi Ermanov Farhod O`rozboevich.

Avvalgi hokimlar: Ilguzar Sobirov (2017 yil 4 sentyabrdan) hamda Po`lat Bobojonov (2012 yil 24 yanvardan).

2017 yil:

31 oktyabrdan – Jizzax viloyati hokimi Saliev Ergash Alibekovich.

Avvalgi hokimlar: Ulug`bek Uzoqov (2016 yil 23 dekabrdan) hamda Sayfiddin Ismoilov (2010 yildan);

2016 yil:

25 dekabrdan — Navoiy viloyati hokimi Tursunov Qobul Beknazarovich.

Avvalgi hokim: Erkin Turdimov (2008 yildan);

16 dekabrdan — Buxoro viloyati hokimi Barnoev O`ktam Isoevich.

Avvalgi hokim: Muhiddin Esonov (2011 yil 27 dekabrdan);

15 dekabrdan — Sirdaryo viloyati hokimi Mirzaev G`ofurjon G`anievich.

Avvalgi hokim: Oybek Ashurmatov (2010 yildan);

2015 yil:

26 noyabrdan — Namangan viloyati hokimi Bozorov Xayrullo Hayitboevich;

2013 yil:

26 apreldan – Andijon viloyati hokimi Abdurahmonov Shuhratbek Qo`shaqbaevich;

2011 yil:

7 noyabrdan – Farg`ona viloyati hokimi G`aniev Shuhrat Madaminovich.

Eslatma: 2016 yil 12 oktyabrdan buyon Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi sifatida Sariev Qaxraman Ramatullaevich faoliyat olib bormoqda”.

    Boshqa yangiliklar