1

Namanganda qarzini bermagan tanishini pichoqlagan qassob 7 yilga qamaldi

Jinoyat 27.10.2019, 13:39
Namanganda qarzini bermagan tanishini pichoqlagan qassob 7 yilga qamaldi

Namangan shahrida 1995 yilda tug`ilgan, kasbi qassob bo`lgan Olimxon ismli yigit ikki yarim million so`m qarz olgan tanishi Muhsinovni pichoqlab, unga og`ir tan jarohati etkazdi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» informasion dasturida ma`lum qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo`yicha viloyat sudida ko`rib chiqildi. Guvohlar ko`rsatmalari, daliliy ashyolar o`rganildi.

O`sha kuni Olimxon tanishi Muhsinovni «Bunyodkor» MFY hududidagi «Yoshlik baraka» bozori hududida uchratib, undan qarzini qaytarishni so`raydi.  Biroq o`rtada janjal kelib chiqadi. Atrofdagi odamlar ikkalasini ajratib, Muhsinovni bozordan chiqarib yuboradi. Shunda Olimxon Muhsinovning orqasidan yugurib borib, unga yonidagi oshxona pichog`i bilan tashlanadi hamda Muhsinovga o`ta og`ir jarohat etkazadi. 

Holat huquq-tartibot tizimi xodimlari tomonidan o`rganilib, "samosud"ga qo`l urgan jinoyatchiga nisbatan hukm o`qildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1