“Aholi bandligi to`g`risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi e`lon qilindi.
Unga ko`ra, ishsizlik uchun kompensasiya va ijtimoiy kafolatlar, ishsizlik bo`yicha nafaqa belgilash, to`lov shartlari, band bo`lmagan, faol ish qidirayotgan hamda ishsiz shaxslarni ro`yxatga olish, hisoblash tartibi qayta ko`rib chiqilib, soddalashtiriladi.
Loyiha asosiy xalqaro standartlarga, jumladan, O`zbekiston ratifikasiya qilgan XMTning Bandlik sohasida siyosat to`g`risidagi Konvensiyasi, Ish o`rinlari to`g`risidagi global pakt, 2013 yil qabul qilingan yangi demografik kontekstda ijtimoiy himoya va bandlik haqidagi Rezolyusiya talablariga ham javob beradi.
Shuningdek, “Aholini ish bilan ta`minlash to`g`risida”gi qonun ham yangi tahrirda qabul qilinishi mumkin.






