Prezident Shavkat Mirziyoevning to`ng`ich qizi, ayni paytda O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori o`rinbosari Saida Mirziyoeva o`zi va farzandlarining uy hayvonlariga bo`lgan munosabatini aytdi:
“Uy jonivorlarini parvarish qilish bolalarda ijobiy fazilatlar – mas`uliyat hissi, g`amxo`rlik qila olish, hamdard bo`lish, eng asosiysi, do`stlashish ko`nikmalarini tarbiyalaydi!
Farzandlarim kichik do`stlarimizni parvarish qilishni istaganda men doim qo`llab-quvvatlab kelganman. Umuman olganda, menga ham ota-onam uy hayvonim bo`lishiga ruxsat berganlar; natijada butun bolalik davrim kuchukchalar, to`tiqushlar, olmaxonlar bilan birga o`tgan”, — degan telegramdagi shaxsiy sahifasida.