Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg`i isitish moslamalaridan foydalanishga bo`lgan ehtiyoj ortib bormoqdi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto`g`ri foydalanish oqibatida ko`ngilsiz hodisalar sodir bo`lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ko`ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yong`in va xavfsizlik talablariga rioya qilishingizni so`raydi:
- qo`lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;
- tungi vaqt aholi turar joylarida o`rnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmang;
- oshxonada o`rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
- isitish pechlari va ularning mo`rilarini sozligiga, ularni turli buyum va to`siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o`z vaqtida tozalanishiga alohida e`tibor bering;
- isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamang;
- isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo`riqnomasi talablariga rioya qiling;
- gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo`l qo`ymang;
- agarda xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda gaz xizmatiga zudlik bilan xabar bering.
Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o`zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni ko`ngilsiz hodisalardan saqlagan bo`lasiz.