1

Tezkor: Chinozdagi 19-maktab direktori o`quvchini kaltakladi (video)

Jamiyat 28.10.2019, 11:12
Teglar: Chinoz, 19-maktab
Tezkor: Chinozdagi 19-maktab direktori o`quvchini kaltakladi (video)

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarda maktab direktori o`quvchini kaltaklaganidan so`ng uning sinfdoshlari bilan holat yuzasidan savol-javob qilinayotganligi aks etgan video tarqaldi. Ayni paytda voqea Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 19-maktabda sodir bo`lgani aytilmoqda. Lavha davomida kaltaklangan o`quvchining sinfdoshlari maktab direktori uni qanday urganini ko`rganlari bo`yicha aytib bergan. Shuningdek, maktab rahbarining o`zi ham ko`rsatilgan. Video so`nggida shifoxonada yotgan bola aks etganini ko`rish mumkin. 

darakchi.uz mazkur voqeaga tezkor aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura bilan bog`landi. Yaqin vaqt ichida voqea bilan bog`liq barcha tafsilotlarni ma`lum qilamiz.

Sharhlar

Chinozda g`alladan bo`shagan erni yoqib yuborgan fermer 1,223 mln. so`m jarimaga tortildi

04.07.2021, 09:41

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi g`alladan bo`shagan er maydonlarining yoqib yuborilganligi haqidagi tarqalgan videomurojaat yuzasidan Davlat ekologiya qo`mitasi rasmiy munosabat bilan chiqdi. Aniqlanishicha, Toshkent viloyatining...
Chinozdagi xonadondan birovning jasadi topildi

10.12.2019, 10:40

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi fuqaro Sh.S.ning uyidan 1987 yilda tug`ilgan T.G`.ning jasadi topildi. Jasad topilgan paytda tananing bosh va yuz qismlarida jarohatlar bo`lgan.Ichki ishlar...
Toshkent viloyati XTB: Chinozdagi 19-maktab voqeasi sahnalashtirilgan

29.10.2019, 19:01

Xabaringiz bor, kuni kecha ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 19-maktabda maktab direktori o`quvchini kaltaklagani  haqida videoxabar joylashtirilganini xabar qilgan edik. Holat Toshkent viloyati...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1