AsosiyJamiyat

Suvga noqonuniy ulangan fuqaro qilgan ishidan pushaymon bo`ldi

'Suvga noqonuniy ulangan fuqaro qilgan ishidan pushaymon bo`ldi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Qo`ng`irot tumani bo`limi xodimlari tomonidan “Sanoat” mahalla fuqarolar yig`ini hududida energiya resurslaridan foydalanishning qonuniyligi holati o`rganildi.

O`rganish davomida MFY hududida joylashgan “Qaramang`it Adil stroy” mas`uliyati cheklangan jamiyati suv tarmoqlari korxonasi tuman filiali bilan shartnoma tuzmasdan, to`g`ridan-to`g`ri ko`cha bo`yidan o`tib turgan suv tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib, foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holat yuzasidan bo`lim tomonidan O`zbekiston Respublikasi ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 163-moddasi bilan ma`muriy ish qo`zg`atilib, “Davsuvinspeksiya” Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy bo`lim mutaxassislari bilan birgalikda surishtiruv ishlari olib borildi va jamiyat boshlig`i A.Qosbauliev tomonidan MChJga qarashli ma`muriy bino va mehmonxonasiga o`zboshimchalik bilan ulanib, foydalanishi oqibatida davlat manfaatlariga jami 12 mln. 729 ming miqdorida zarar etkazilganligi aniqlandi.

Natijada, A.Qosbauliev o`z aybiga iqror bo`lib, keltirilgan 12 mln. 729 ming so`m zararni to`liq qoplab berdi.

    Boshqa yangiliklar