1

O`zbekistonda bu hafta ob-havo qanday bo`ladi?

Jamiyat 28.10.2019, 11:40
Teglar: ob-havo
O`zbekistonda bu hafta ob-havo qanday bo`ladi?

O`zbekistonda joriy hafta, 29—31-oktyabr va 1-noyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi.


Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o`zgarib turadi, 29 va 31-oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, 30-oktyabr va 1-noyabrda ayrim joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-30-oktyabrda ba`zi joylarda 15—20 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-oktyabrda kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 20—25 daraja issiq, 30—31-oktyabr va 1-noyabrda kechasi 2—7 daraja, kunduzi 15—20 daraja iliq bo`ladi.


Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o`zgarib turadi, 29-oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, 30-oktyabrda ayrim joylarda yomg`ir yog`adi, 31-oktyabr va 1-noyabrda ayrim joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 30—31-oktyabrda ba`zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7—12 daraja iliq, kunduzi 29—30 oktyabrda 20—25 daraja, 31-oktyabrda 18—23 daraja issiq, 1-noyabrda 15—20 daraja iliq bo`ladi.


Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, 29-oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, 30—31-oktyabr va 1-noyabrda ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 30—31-oktyabrda ba`zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-oktyabrda 5—10 daraja, 30—31-oktyabr va 1-noyabrda 7—12 daraja iliq, kunduzi 29—31-oktyabr 20—25 daraja issiq, 1-noyabr 15—20 daraja iliq bo`ladi.


Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o`zgarib turadi, 29-oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, 30—31-oktyabrda va 1-noyabrda ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 30—31-oktyabrda ba`zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9—14 daraja iliq, kunduzi 29—31-oktyabrda kunduzi 23—28 daraja, 1-noyabrda 18—23 daraja issiq bo`ladi.


Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 30-oktyabrda ayrim joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 31-oktyabrda ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5—10 daraja iliq, kunduzi 29—31-oktyabrda 20—25 daraja, 1-noyabrda 18—23 daraja issiq bo`ladi.


Respublikaning tog`li hududlari. Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, 30—31-oktyabrda ayrim joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 30—31-oktyabrda ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2—7 daraja, kunduzi 29—31-oktyabrda 12—17 daraja, 1-noyabrda 7—12 daraja iliq bo`ladi.

Sharhlar

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma`lum qilindi

27.04.2024, 21:09

"O`zgidromet" 29-30 aprel va 1 may kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s...
O`zbekistonda harorat 43 darajaga ko`tariladi

12.07.2022, 19:52

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 13-16 iyul kunlari uchun kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTIHavo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi....
O`zbekistonda bayram va dam olish kunlari harorat iqlimiy me`yorlardan past bo`ladi — "O`zgidromet"

08.07.2022, 11:54

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati bayram va dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.  Unga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo...
Bu hafta issiq chekinadimi? "O`zgidromet" haftalik ob-havoni e`lon qildi

04.07.2022, 11:55

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Ma`lum qilinishicha, bugun O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1