AsosiyJamiyat

Xorazmliklar gaz “zapravkalarning” ommaviy yopilish sababini so`rashmoqda?

'Xorazmliklar gaz “zapravkalarning” ommaviy yopilish sababini so`rashmoqda?'ning rasmi

Telegram ijtimoiy tarmog`idagi “XorazmNews” kanalida hududdagi eng muhim yangilik va echimini kutayotgan voqea-xodisalar tezkorlik bilan berib boriladi. Bugun kanalda Odil Ne`mat nomi bilan Xorazm viloyati tumanlarida bir necha kundan buyon avtomobillarga gaz ko`yish shoxobchalari yopilgani ma`lum qilindi:

Xorazmdagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida uzundan-uzoq navbatlar yuzaga kelmoqda. Shaxsiy mashinasiga gaz to`ldirish uchun odamlar soatlab vaqt yo`qotmoqda. Bu hol, ayniqsa, viloyat markazi Urganchdan tashqari Xonqa, Xiva, Bog`ot va Hazoraspda yaqqol ko`zga tashlanadi.

— Men Pitnak shahrida yashayman. Mashinamga gaz quydirish maqsadida Pitnakni ham, Hazoraspni ham kezib chiqdim. Aksariyat «zapravka»lar yopib qo`yilgan. Mana, hozir Bog`otga kelib 3 soatdan buyon navbat kutib o`tiribman, — deydi fuqaro G`oyibjon Ahmadjonov.

Bog`ot tumanidagi mavjud AGQShlarning faqat ikkitasi ishlyotgan ekan. «Bog`ot» markaziy dehqon bozorining shundoq ro`parasidagi shoxobcha esa, ikki kundirki, yopiq.

Mas`ulllar bu holatni ikki kundan buyon viloyatda elektr energiyasi ta`minotidagi uzilishlar bilan izohlashmoqda. Boshqa manbalarning izohi boshqacha: har yili kuz fasliga kelib viloyatda ana shunday muammo paydo bo`ladi. Chunki «...bu vaqtga kelib aholining shaxsiy avtomobillariga ajratilgan limit salmog`i nihoyasiga etadi».

Yana bir manbamiz esa umman boshqacha gap aytdi: qish mavsumiga o`tilishi munosabati bilan aholi xonadonlarini issiqlik manbai va suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta`minlash maqsadida Toshkentdan kelgan ko`rsatmaga muvofiq, AGQShga ajratilgan gaz miqdori kamaytiriladi.

Xullas, kim qanday izohlamasin, ayni holatning ozorini aholi tortmoqda

”.

Boshqa yangiliklar